Cenk Tosun
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Cenk Tosun[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-iyun 1991-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Wetzlar, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.83 m[2] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Beşiktaş | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1997—2009 | Eintracht Frankfurt |
Cenk Tosun (talaffuzi: Senk Tosun; 1991-yil 7-iyunda Germaniyada tugʻilgan) — nemis futbolchisi. „Beşiktaş“ futbol klubi va Turkiya terma jamoasida markaziy hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cenk Tosun Frankfurt shahrining „Eintracht Frankfurt“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, u klubga 1997-yilda kelib qoʻshilgan. U oʻn yildan koʻproq vaqtni turli xil „Eintracht Frankfurt“ yoshlar jamoalarida oʻtkazgan, 2008-yilda u zaxira jamoada oʻynay boshlagan. Tosunning kattalar jamoasidagi „Eintracht Frankfurt“dagi toʻliq debyuti 2010-yil 8-mayda Germaniya Bundesligasining 34-turida „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 75-daqiqasida Martin Fenin oʻrniga Tosun maydonga tushgan. Oʻyin „Eintracht Frankfurt“ klubining 1:3 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlangan[3]. Bu oʻyin Jenk uchun Germaniya chempionatidagi yagona oʻyin boʻlib qolgan.
2020-yilning 10-yanvarida u mavsum oxirigacha ijara asosida premyer liganing boshqa klubi — „Crystal Palace“ futbol klubiga o‘tgan. 18-yanvar kuni u yangi jamoasidagi ilk golini urib, „Manchester City“ futbol klubi darvozasiga zarba bergan. Mart oyida u tizzasidan jarohat olgan va muddatidan oldin „Everton“ futbol klubiga qaytgan va „Crystal Palace“ futbol klubi safida ligada atigi beshta oʻyinda maydonga tushgan.
2021-yilning 1-fevralida 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Beşiktaş“ futbol klubiga qaytgan. Turkiya chempionatining 2020—2021-yilgi mavsumida u uchta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan. 2021-yil 10-aprelda u jiddiy jarohat olgan, shu sababli u bir necha oyga safdan chiqqan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tosun Germaniyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida turli yosh toifalarida toʻp surgan. 2010—2011-yillarda u 21 yoshgacha boʻlgan Germaniya terma jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan va Angliya yoshlar terma jamoasi darvozasiga gol urgan.
2011-yilning 25-fevralida Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Guus Hiddink bilan uchrashuvdan so‘ng Tosun Turkiyani xalqaro miqyosda himoya qilishni davom ettirish istagini bildirgan[4]. Oʻsha yilning 14-noyabrida u Norvegiya jamoasiga qarshi ikkinchi turk jamoasi tarkibida maydonga tushgan. 2012-yilning 1-iyunida Tosun Turkiya yoshlar terma jamoasi safida Vengriya termasiga qarshi Yevropa chempionati saralash bahsida maydonga tushgan. Uning Turkiya terma jamoasidagi debyuti 2013-yilning 15-oktyabrida Gollandiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida boʻlgandi. Tosun 74-daqiqada Selçuk İnan oʻrniga maydonga tushgan. Uchrashuv gollandlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[5]. 2016-yilning 25-mart kuni Shvetsiya terma jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida u dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirgandi.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | UEFA | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Eintracht Frankfurt | 2009—2010 | 1 | 0 | 0 | 0 | – | – | – | – | 1 | 0 |
Gaziantepspor | 2010—2011 | 14 | 10 | 4 | 2 | – | – | – | – | 18 | 12 |
2011—2012 | 32 | 6 | 1 | 1 | 4 | 0 | 6 | 5 | 43 | 12 | |
2012—2013 | 32 | 10 | 3 | 1 | – | – | – | – | 35 | 11 | |
2013—2014 | 31 | 13 | 1 | 1 | – | – | – | – | 32 | 14 | |
Jami | 109 | 39 | 9 | 5 | 4 | 0 | 6 | 5 | 128 | 49 | |
Beşiktaş | 2014—2015 | 18 | 5 | 2 | 3 | 8 | 1 | – | – | 28 | 9 |
2015—2016 | 29 | 8 | 8 | 7 | 6 | 2 | – | – | 43 | 17 | |
2016—2017 | 33 | 20 | 1 | 0 | 12 | 4 | 1 | 0 | 47 | 24 | |
2017—2018 | 16 | 8 | 1 | 1 | 6 | 4 | 1 | 1 | 24 | 14 | |
Jami | 96 | 41 | 12 | 11 | 32 | 11 | 2 | 1 | 142 | 64 | |
Everton | 2017—2018[6] | 14 | 5 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 14 | 5 | |
2018—2019[7] | 25 | 3 | 2 | 1 | — | 2 | 0 | 29 | 4 | ||
2019—2020[8] | 5 | 1 | 0 | 0 | — | 3 | 0 | 8 | 1 | ||
2020—2021[9] | 5 | 0 | 2 | 1 | — | 0 | 0 | 7 | 1 | ||
2021—2022[10] | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
Jami | 50 | 9 | 6 | 2 | 0 | 0 | 5 | 0 | 61 | 11 | |
Crystal Palace (ijara) | 2019—2020[8] | 5 | 1 | — | — | — | 5 | 1 | |||
Beşiktaş (ijara) | 2020—2021 | 3 | 3 | 1 | 0 | — | — | 4 | 3 | ||
Umumiy faoliyatida | 264 | 93 | 28 | 18 | 36 | 11 | 13 | 6 | 341 | 128 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 11-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 „Cenk Tosun: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
- ↑ „VfL Wolfsburg - Eintracht Frankfurt, May 8, 2010 - 1.Bundesliga - Match report“ (en). Transfermarkt. 2015-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar.
- ↑ „Cenk Tosun commits to Turkey“ (en). Turkish Football Federation (2011-yil 25-fevral). 2015-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar.
- ↑ „Turkey - Netherlands, Oct 15, 2013 - World Cup qualification Europe - Match report“ (en). Transfermarkt. 2015-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-yanvar.
- ↑ „Games played by Cenk Tosun in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
- ↑ „Games played by Cenk Tosun in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 „Games played by Cenk Tosun in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Games played by Cenk Tosun in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Games played by Cenk Tosun in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.